Magma

Magma (Yunoncha magma — quyuq bo’tqa) — tarkibi, asosan, silikatdan iborat otash-olovli suyuq massa, yer pusti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik tog’jinslarini hosil qiladi. Kamdan-kam holda magmatic erigan jinslarda silikat bulmaydi (masalan, Sharqiy Afrika vulkanlari). Magma — o’zaro bog’liqholda yuzaga kelgan ko’p sonli kimyoviy elementlarning murakkab eritmasi, ular orasida Si, A1, Fe, Mg, Ca, Na, K, o, S, CI, F asosiy urinda. Ba’zan Magmada bir necha prosentgacha uchuvchi komponentlar, asosan, suv, ozroq uglerod oksidi, vodorod sulfid, ftor, xlor va boshqalar bo’ladi. Vulkan otilgan joylarda Magma yer ustiga chiqqach, LAVA ko’rinishida oqadi, vulkan bo’g’zida ekstruziv uyum hosil qiladi yoki gaz aralash kul ko’rinishida otiladi. Kul yondosh jinslar siniqlari va chukindi jinslar bilan aralashib har xil tuflarni hosil qiladi. Chuqurlikda sovigan magmatik massalardan shakli va o’lchami har xil (ba’zan gorizontal kesimi bir necha ming km2) bulgan intruziv jismlar vujudga keladi. Yer yuzasiga oqib chiqadigan vulkan tog’ jinslarining aksari qismi bazaltdan, chuqur qismi esa granitdan iborat. Geolog olimlar turli magmik jinslarning Yer yuzida tarqalishini o’rganib, ularni tiplarga ajratishni taklif qildilar. Dastlab Magma Yer qa’rida uzluksiz qobiq hosil qilgan deb hisoblanar edi. Lekin geofizik tadqiqotlar Magma Yer po’stining har xil tarkibli va chuqurlikdagi qismida vaqt-vaqti bilan alohida o’choqlar hosil qilishini ko’rsatadi. Granit va bazalt Magmalaridan tashqari kamyob, mahalliy Magmalar xam mavjud deb taxmin qilinadi. Magma tabiatini aniqlashda er po’sti va yuqori mantiyaning geofizik tadqiqotlaridan olingan ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Turli tarkibli Magma har xil fizik xususiyatlarga ega, bu temperatura va uchuvchi komponentlarga ham bog’liq. Bazalt tarkibli Magmaning yopishqrqligi kam, shu bois LAVA oqimining tezligi katta (soatiga 30 kilometrgacha). Nordon tarkibli Magma ancha yopishqoq, shuning uchun portlab otiladi. Magma temperaturasi har xil (900-1250°) bo’ladi. Granitli Magma temperaturasi 600° ga tushguncha qotmaydi. Magma hosil bo’lgan sharoitdan boshqa sharoitga o’tgach, evolyutsiyaga uchrab o’z tarkibini o’zgartirishi mumkin. Magma differentsiasiyalanadi, bunda bir Magma hisobiga bir necha Magma vujudga keladi. Magmaning evolyutsiya jarayonini aniqlashda kristallanishda minerallarning ajralish ketma-ketligi muhim. Amerikalik petrolog N. Bouen tadqiqotlariga ko’ra, Magma kristallanganda dastlab kamyob (aktsessor) minerallar, so’ngra magnezialtomirli silikatlar va boshqalar, oxirgi jarayonda esa biotit, ishqorli dala shpatlari va kvars ajraladi. Biroq Magmaning kristallanishida bir xillik yo’q. Magmadagi foydali komponentlar uning kristallanish jarayonida ayrim joylarida to’planib endogen konlarni hosil qiladi. Ba’zi rudali minerallarning (xrom, titan, nikel, platina), shuningdek, apatitning kristallanish jarayonida alohidalanishidan magmatik konlar vujudga keldi. Magma tarkibidagi uchuvchi komponentlari hisobiga intruzivlar shakllanishining oxirgi bosqichlarida rangli, kamyob va qimmatbaxr metallar hamda temirning gidrotermal, greyzenli, skarnli va boshqa konlari hosil bo’ladi deb taxmin qilinadi.