Mo’minov Akrom Ibrohimovich
Mo’minov Akrom Ibrohimovich (1937.20.5, Samarqand—2001.1.11, Toshkent) — otorinolaringolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980). Tibbiyot fanlari D-ri (1972), prof. (1973). I. M. Mo’minovnnnt o’g’li. ToshTIni tugatgach (1960), Sam-ti Otorinolaringologiya klinikasida ordi- nator (1960-62), assistent (1965— 67). 1967 y.dan SamTI, 1970 y. dan toshti quloq, tomoq, va burun kasalliklari kafedrasida dosent, prof. (1975). Sam- Ti davolash f-tida dekan o’rinbosari (1967-70), ToshTIda internatura ish- lari bo’yicha dekan (1971), davolash va sanitariyagigiena f-ti quloq, tomoq, burun kasalliklari ka-fedrasi mudiri (1975-90), Buxoro tibbiyot in-ti rekto- ri (1990-95) va kafedra mudiri, SamTI rektori (1995— 2000). M. quloq, tomoq a’zolari ekopatologiyasi, karlik va eshi- tish qobili-yatining susayishi muammo- lari ustida tadqiqot olib bordi, shu a’zolar kasalliklarida magnitoterapiya qo’llashni tavsiya etadi.