Mali
Mali (Mali), Mali Respublikasi (Republique du Mali) — G’arbiy Afrika- dagi davlat. Mayd. 1,24 mln. km2, aholisi 11 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bamako sh. Ma’muriy jihatdan Bamako hududi va 8 viloyat (region)ga bo’lingan. Davlat tuzumi. M. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 12 yanv. dagi referendumda ma’qullangan. Dav- lat boshlig’i — prezident (1992 y.dan Alfa Umar Konare). Umumiy to’g’ri ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni Milliy Majlis (bir palatali parlament), ij- roiya hokimiyatni prezident b-n hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M. hududinshg ko’p qismi Shim. yarim sharning tropik mintaqasida. Er yuzasining 90% dan ko’prog’i tekis- lik, qolgan qismi tog’lardan va qoyalar orasidagi o’yiq kamarlardan iborat. M.ning shim. qismida G’arbiy va Mar- kaziy Sahroi Kabirning tosh, qumtosh va shag’alli cho’llari joylashgan. Niger daryosining o’rta oqimi keng allyuvial tekislik. M.da boksit, temir va marga- nes rudalari, tuz, ohaktosh, fosforit, kaolin, olmos, oltin, qalay, polimetall rudalar, uran konlari bor. Iqlimi — tropik, issiq va quruq; Jan. chekkasida — subekvatorial. Yil- lik o’rtacha t-rasi 28-29°. O’rtacha yillikyog’in 150-1500 mm. Daryolari — Senegal, Niger va ularning irmoqlari. M. hududining 1/2 qismi butazor, sa- vanna; qizg’ish-qo’ng’ir tuproqli erlarda boshokli o’simliklar, akasiya, palma va baobab, qizil laterit tuprokdi er- larda Senegal kayyasi, terminaliya va b. daraxtlar usadi. Jan. chekkasida sa- vanna o’rmonlari, Daryo bo’ylarida Gale- Reya o’rmonlari bor. Shim. cho’l va chala cho’llarda ohu, g’izol, jirafa, gepard, sirtlon, savannalarda kiyik, Arslon, qoplon, chiyabo’ri, fil, timsoh, begemot, qushlar yashaydi. Daryo va ko’llarda baliq ko’p. Termitlar, yovvoyi asalari, tsese pashshasi va b. hasharotlar tarqalgan. O’simliklar va hayvonlarni qo’riklash uchun Bukl-dyu-baule milliy bogi tash- kil etilgan. Aholisi. M.da bambara, soninke, ma- linke, fulbe, diula, sanu, shuningdek, xasonke, kachoro, senufo, dogon, bobo, moey, Sahroi Kabirda tuareglar, ara- blar yashaydi. Aholisining 80% Islom, qolganlari xristian va mahalliy din- larga e’tiqod qiladi. Rasmiy til — frantsuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida so’zlashadi. Aholining 25,5% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bamako, Mopti, Segu, Sikaso. Tarixi. M. — G’arbiy Afrikada o’rta aerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. Mamlakatga Shim. Afrika savdo- garlari kirib kelishi b-n Islom dini yoy- ilgan (8-a.). 19-a.ning oxiridan G’arbiy Afrikaning Markaziy hududi Frantsiya mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi. 1894 y. Niger va Senegal da- ryolarining yuqori va o’rta oqimlaridagi erlari Frantsiya Sudani nomi b-n Fran- tsiya mustamlakasi. 1895 y.dan Frantsiya Sudani Frantsiya G’arbiy Afrikasi tar- kibiga kirdi. 2-jahon urushidan keyin Frantsiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi. 1946 y. oxirida tashkil topgan Afri- ka demokratik birlashmasi sektsiyasi — Sudan Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar o’tkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fran- tsiya G’arbiy Afrikasi mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Frantsiya Umummehnat konfederasiyasi tarkibi- dagi kasaba uyushmalari ko’magida mam- lakatda etakchi siyosiy kuch bo’lib qoldi. 1957 y. uning deputatlari territorial Assambleyada birinchi marta ko’p ovoz olishga muvaffaq bo’ldilar. 1958 y. 28 sent.da qabul qilingan Frantsiya Konstitusiyasiga muvofiq, Frantsiya Sudani Sudan Respublikasi nomi b-n Frantsiya hamjamiyati tarkibi- ga kirdi. 1959 y. Sudan Respublikasi b-n Senegal Respublikasining birlashuvi- dan Mali Federasiyasi tashkil topdi. U 1960 y. iyunda Frantsiya hamjamiyati do- irasida mustaqillikka erishdi. 1960 y. 20 avg.da Senegal Respublikasi Federa- tsiyadan chikdi. Federasiyaning tarqalib ketishi mu-nosabati b-n Sudan Respu- blikasining qonun chiqaruvchi assamble- yasi 1960 y. 22 sent.da Sudan Respublika- sini M. Respublikasi nomi b-n suveren va mustaqil davlat deb e’lon qildi va u Frantsiya hamjamiyatidan chikdi. Su- dan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta respublika Prezidenta bo’ldi. 1968 y. noyab.dagi davlat to’ntarishi nati- jasida hokimiyatni M. Traore (1979-91 y.larda prezident) boshchiligidagi mil- liy ozodlik harbiy qo’mitasi egalladi. 1979 y. M. boshkaruvning fuqarolik sha- Kliga o’tdi. 1991 y. 25 martda davlat to’ntarishi sodir bo’ldi. Hokimiyatni qo’lga olgan A. T. Ture boshchiligidagi xalqni qutqarish qo’mitasi demokratik islohotlar o’tkazishga kirishdi. 1992 y. 1-yarmida o’tkazilgan ko’p partiyali asosdagi par- lament va prezident saylovi fuqarolar boshqaruviga o’tishni nihoyasiga etkaz- Di. M. Respublikasi O’zR suvereniteti- ni 1992 y. 24 yanv.da tan oldi. Milliy bayrami — 22 sent. — Mustaqil kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. M.da demokratiya uchun alyans — Pa- nafrika ozodlik, birdamlik va adolat partiyasi (Adema), 1990 y.da tuzilgan; M. taraqqiyot va tiklanish partiyasi, 1991 y.da tashkil etilgan; demokratiya va rivojlanish partiyasi, 1991 y.da asos solingan; demokratik tashabbus milliy Kongressi partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyotuchun birlashma, 1991 y.da tashkil etilgan; demokratiya va mehnat uchun birlashma partiyasi, 1991 y.da tuzilgan; taraqqiyot uchun demokra- tik kuchlar ittifoki partiyasi, 1991 y.da asos solingan; demokratiya va tarak,Qiyot partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; Sudan Ittifoqi — Afrika demokratik birlash- masi partiyasi, 1946 y.da tuzilgan, 1968 y. da taqikdangan, 1992 y.dan yana oshko- ra ishlay boshlagan. M. mehnatkashlari milliy birlashmasi kasaba uyushmasi, 1963 y.da asos solingan. Xo’jaligi. M. — afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi — 55%, sanoatning ulushi — 12%. Iqtisodiy faol ahvolining 75% q.x.da band. Tez- tez bo’lib turadigan qurg’oqchilik mamla- kat iqtisodiyotiga katta zarar etkazadi. Q.x.da erga jamoa egaligi US-tun. Mamla- kat hududining salkam 9% haydaladigan va bo’z erlar, ko’p yillik ekinzorlar, 24% yaylov va pichanzorlar, 3,6% o’rmon va bu- tazorlar, qolgan qismi cho’llardan iborat. 90 ming ga er sug’oriladi. Haydaladigan erlarda donli ekinlar, er yong’oq va paxta, shuningdek, kanop, makkajo’xori, choy, ta- maki, sholi, shakarqamish, shahar atrof- larida sabzavot va meva, hamma joyda oq jo’xori, fonio, yams, maniok etishti- riladi. M. — G’arbiy Afrikadagi Yi- rik chorvachilik mamlakatlaridan biri. Qoramol, qo’y, echki, tuya, yilqi boqiladi. O’rmonlarda mebel va b. ehtiyojlar uchun yog’och tayyorlanadi. Daryolar, irmoklar va ko’llarda baliq ovlanadi. Mustaqillik yillarida ma’dan qazib olish yo’lga qo’yilib, qayta ishlash sa-noatining 30 dan ko’proq korxonasi barpo etildi. Biroq mahsulot i.ch. hajmi jihatidan hunarmandchilik hamon ustun. Sanoat i.ch.ning yarmiga yaqini q.x. xom ashyosini qayta ishlash tarmog’iga to’g’ri keladi. Paxta tozalash, sholi oqlash, er yong’oq va chigit yog’i, sabzavot va meva konservalari z-dlari bor. To’qimachilik k-tlari, kanop, ko’n-poyabzal, tsement z-dlari barpo etilgan. Keyingi yil- larda velosiped va moped, transistor yig’ish, metall kon-sturkiiyalar, mebel, kemasozlik korxonalari, traktor ta’- mirlash ustaxonalari barpo etildi. Yi- liga o’rtacha 200 mln. kVtsoat dan ko’proq elektr energiya hosil qilinadi. M.da asosiy transport turi — AV- tomobil. Avtomobil yo’llari uz. — 18 ming km, shundan 3 ming km qattiq qoplamali. Temir yo’llari uz. — 720 km. M.ning dengizga chiqish yo’li yo’q. Tashqi savdo yuklari Senegal va Kot-D’Ivuar orqali tashiladi. Mamlakatda 10 Aero- port, jumladan, Bamakoda xa-lqaro Aero- porti bor. M. chetga paxta, eryong’oq, chorva va baliq mahsulotlari, gazlama, kalava ip, oltin, olmos sotadi. Chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, qurilish materiallari, kimyo- viy mollar va b. oladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Kot-D’Ivuar, Senegal, Gana. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmati. Tibbiy yordam dav- lat muassasalarida amalga oshiriladi. Vrachlar Milliy tibbiyot maktabida tay- yorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. M. hududida dastlab- ki diniy maktablar 14-a.da paydo bo’ldi. 15-16-a.larda Tombuktu va Jen-neda Afrikadagi eng ko’hna musulmon un- tlari ishlay boshlagan. Dastlabki dunyo- viy maktablar 19-a.ning 2-yarmida Ochil- Di, ammo ular juda oz bo’lgan. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingan (1960) paytda frantsuzcha uslub- da tashkil etilgan maktab tizimi 6 y.lik boshlang’ich, 7 y.lik o’rta va kasb-xunar ta’limidan iborat edi. 1962 y. da 6 yosh dan boshlab 5 y.lik, 1968 y.da 9 y.lik majburiy ta’lim joriy qilindi. Quyi kasb-hunar ta’limi boshlang’ich maktab negizida 3 y. davomida amalga oshiri- ladi. Boshlang’ich maktab o’quvchilari ped. in-tlarida, to’liqsiz o’rta maktab o’qituvchilari normal maktablarda, to’liq o’rta maktab o’qituvchilari Oliy normal maktabda tayyorlanadi. Oliy o’quv yurt- lari: Bamakoda ped. in-ti (Oliy normal maktab), Milliy oliy ma’muriy maktab, Milliy muhandislar maktabi, Milliy tibbiyot maktabi, Katibugudagi q.x. po- litexnika in-ti. Bamakoda Milliy kutubxona, muni- tsipal kutubxona, ijtimoiy fanlar in- ti huzurida Milliy muzey, zootexnika tadqiqot markazi, moxovga qarshi ku- rash tadqiqot in-ti, tropik oftalmo- logiya in-ti, Milliy tropik Agronomiya va oziq-ovqat ekinlari in-ti va uning tadqiqot st-yalari, Milliy mevachilik markazi, Tombuktuda tarixiy tadqiqot va hujjatlashtirish markazi va uning qad. Arab qo’lyozmalari arxivi, sholi- korlik tadqiqot markazi, Milliy xalq sog’lig’ini saklash sohasidagi tadqiqot in-ti bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da nashr etilgan yirik gaz.lar: “jurnal ofisel de la Repyublik dyu Mali” (“Mali Respu- blikasi rasmiy gazetasi”, hukumatning frantsuz tilida chiqadigan xabarnoma- si), “Kibaru” (“Yangiliklar”, Bamba- ra tilida chiqadigan oylik gaz., 1972 y.dan), “Oror” (“tong”, frantsuz tilida oyiga 2 marta chikadigan gaz., 1990 y.dan), “Essor” (“yuksalish”, frantsuz tili- da chikadigan kundalik gaz., 1949 y.dan; bambara va frantsuz tillarida ilovala- ri chiqariladi). M. mat-buot va reklama agentligi (AMAPP), 1977 y. da tashkil etilgan. M. radio-eshittirish va televi- Denie xizmati, davlat nazoratida, 1957 y.da asos solingan. Adabiyoti. M. xalq og’zaki ijodi boy va rangbarang. Xalq afsonalarini to’plash va nashr etishga 20-a.ning 30-y. larida kirishildi. Hoz. adabiyoti, aso- san, ‘ frantsuz tilida. Tarixchi I. M.Uan o’zining tarixiy romanlari (“Fadimata, cho’l malikasi” va b.) b-n hoz. zamon M. adabiyotining asoschisi hisoblanadi. 20- a. 2-yarmidagi yirik yozuvchilaridan biri, jamoat arbobi Fili-Dabo Sissokoning “Qizil savanna” romanida 1jahon uru- shi davrida mahalliy ziyolilarning Vu- judga kelishi, tuareglarning frantsuz bosqinchilariga qarshi qo’zg’oloni bayon qilingan. M.da yosh shoirlar etishib chik- Di. 60-y.lar oxiri va 70-y.lar boshlarida M. adabiyotida folklor asarlari (tari- xiy afsonalar, ertaklar va h.k.)ni qayta ishlash davom ettirildi (“kala Jata” va b.). M. mustaqillikka erishgach, proza va poeziya gurkirib rivojlana boshladi. Me’morligi va amaliy san’ati. M. hududidan neolit davriga mansub ma- daniyat yodgorliklari topilgan (kryalar- ga bitilgan yozuvlar, g’or devorlariga ishlangan ov, urush manzaralari hamda raqslar tasvirlangan rasmlar va b.). Qishloqlarda kulbalar somonli loy (“Banko”)dan doyra shaklida, sinchli, derazasiz, kulohsimon va tomi kamish- dan; shaharlarda to’g’ri burchakli qilib quriladi, tomlari loy, tunuka yoki shifer b-n yopiladi. 11 —16-a.larda M.da shahar qurilishi rivojlandi (niani, Gao, Tombuktu, Jenne va b.), ular mustahkam devorlar b-n o’raldi. Jamo-at binola- ri (Tombuktudagi saroy), masjidlar (Tombuktu, Mopti, Jen-neda) qurildi. Mustamlakachilar xukmronligi davrida G’arbiy Evropa eklektikasiga xos bino- lar yuzaga keldi (soborlar, hukumat mu- assasalari va b.). 20-a.ning 2-yarmidan zamonaviy binolar kurila boshladi. O’ymakorlik san’ati rivojlangan. Engil yog’ochlardan marosim niqoblari, odam va hayvon shakllari, stullar, eshi- klar, idish va taroqlar, mis bu-yumlar yasaladi, ilon va timsoh terisidan sum- ka, kamarlar tikiladi. 20-a. o’rtalaridan zamonaviy san’at vujudga keldi. Rassom B. Keyta asarlari bunga misoldir. Musiqasi mamlakatda yashovchi turli xalqpar musiqiy madaniyati krrishmasi- dan tarkib topgan. Ba’zilari qad. an’a- nalarga ega bo’lib, o’rta asrlardagi Mali imperiyasi davridan boshlangan. Saroy musiqasi belgilari saqlanib qolgan. M. xalqdarining cholg’u as-boblari orasida ko’ra deb ataluvchi 21 torli Arfa, n’go- ni deb ataluvchi 4 torli gitara, bala deb ataluvchi yog’och chang, shuningdek do’mbira, tabele kabilar bor. Senufo xalqi xor usulida qo’shiq aytishni sevadi, yog’och chang orkestrlari, turli ansambllar mav- jud. An’anaviy musiqa ijrochilaridan S. Bazumana, F. Dembe mashhur. 20-a.da I. So-umaro, A. Soumaro kabi bastakor- lar etishib chiqqan. Teatri. M. xalqlarida qadimdan sahna tomoshalari (niqobda rake tushish, qo’shiqlar kuylash, turmush hangomalari), dehqonchilik ishlari, qishloqlardagi bayramlar, udumlar b-n bog’liq tomosha- lar ko’rsatish odat bo’lgan. Bambaralar- ning koteb xalq teatri guruhlari 20-a. ning 30-40-y. larida Bamako ko’chalarida tomoshalar ko’rsatgan. 50-y.lardan zamo- naviy shakldagi havaskorlar teatri Vu- judga kela boshladi. M. mustaqillikka erishgach, bu teatr ommaviy tus oldi. Uning sahnasida respublika turmushi dolzarb mavzularidagi pesalar qo’yila boshladi. 1962 y.dan havaskor san’at- korlarning musobaqa ko’rigi muntazam o’tkazib kelinadi. 1963 y.da Bamakoda Milliy san’at in-ti tashkil topdi. In-t huzuridagi drama bo’limi teatrlar uchun kad-rlar tayyorlaydi. Kinosi. 1963 y.da haftalik kinoxro- nikalar tayyorlash uchun guruxlar tuzil- Di. 1977 y.da tashkil etilgan Milliy kino markazi badiiy va hujjatli fil- mlar chiqara boshladi. M.da 1960-y.lar- ning boshidan xronik filmlar suratga olingan. 1965 y. S. Sissening “Inson va sanamlar” hujjatli filmi yaratil- Di. 70-y.larda yaratilgan qisqa metrajli filmlar: “Temanning kaytishi” (rej. D. Kuyate), “bir umrning besh kuni”, “Qita janubida qora bayroq”, “baara” (hammasining rej. S. Sisse). M.ning etakchi rej. hisoblangan S. Sissening “Mehnat” filmi ijtimoiy muammo – larga bagishlangan. Keyingi yillarda yaratilgan filmlar: “mahbus” (rej. S. Kulibali), “hammasi tamom bo’ldi” (rej. K. Dente), “biz hammamiz aybdor- miz”, “Kryadagi duel” (rej. I. Traore) va b. Mamlakatda 20 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 1-2 badiiy film yarati- ladi.