Mer
Mer (Frans. maire — katta, boshliq) — AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya va bosh- ka bir necha davlatlar munisipalitetla- rida oliy mansabdor shaxs. Odatda, M.ni munisipalitetning o’zi, ba’zi hollarda — bevosita aholi saylaydi, ayrim mamlakatlarda M. Markaziy hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi yoki tasdiqlanadi. M. munisipalitet vaki- li bo’ladi, uning majlislarida raislik qiladi. M. mahalliy byudjet tayyorlani- shi va ijrosi uchun javob beradi, bir qancha munisipal lavozimlarga odamlar- ni tayinlaydi, devon ishini yo’naltirib turadi. Buyuk Britaniyada va AQShning ayrim shaxarlarida M., asosan, vakil- lik va raislik vazifalarini bajaradi. Rossiya Federasiyasida M lavozimi 1991 y.da Moskva va b. ayrim shaharlarda jo- riy qilindi.