Muhammad Hakimbiy otaliq Xudoyorxon otaliq o’g’li
Muhammad Hakimbiy otaliq Xudoyorxon otaliq o’g’li(? — 1743) — nu- fuzli mang’shp biylaridan, otalik,, bosh vazir. Buxoro xoni Muhammad ra-himnpt otasi. Dastlab miroxo’r va parvona- chi bo’lgan. M.H. tez orada Buxorodagi Mang’it qavmining yo’lboshchisiga ay- landi va ashtarxoniylarayan Abulfayz- xon davrida xonlikda ularning ta’siri nihoyatda kuchaygan. Qatag’on va kena- Gas (xususan, shahrisabzlik Ibrohim kenagas) qavmlariga qarshi Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kura- shadi. Saroyda devonbegi lavozimi- ni egallaydi. M.X – barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olin- gan. Qarshida xrkimlik davrida Eron hukmdori Nodirshohning o’g’li Rizoquli boshchiligidagi qo’shinlarni bu erda to’xtatib qoldi (1736). Nodirshohning Buxoroga hujumi paytida u b-n muzo- karalar olib bordi va aholini Eron qo’shinlariga qarshilik ko’rsatmaslikka chaqirdi (1740). Bu xizmatlari uchun uni Nodirshoh Buxoroning tuda vakolatli hokimi, ya’ni Abulfayzxon saroyining qo’shbegi — bosh vaziri qilib tayinla- gan. M.H.ning ukasi Doniyolbiy (Buxoro amiri Shohmurodning otasi) Karma- na hokimi, o’g’li Muhammad ra-him esa Nodirshohning yaqin kishilaridan biri bo’lib qolgan. U mang’itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi uchun etarli shart-sharoit yaratib bergan. Markaziy hokimiyatga bo’ysunishni xoxdamagan amirlar va turli qavmlarning etakchila- riga qarshi murosasiz kurashgan. Ad.: Abduraxman -i tali, Istoriya Abulfeyz-xana, T., 1959; O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyati taraqqiyoti, 1qism, T., 2000.