Men
Men — AQShning shim.-Sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohili shim.da. Yangi Angliyada, Kanada chegarasiga yaqin. Mayd. 86,1 ming km2. Aholisi 1,3 mln. kishi (2002), shuning 45% dan ortig’i shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Ogasta sh.; eng yirik shaxri va porti — Portlend. M. hududining aksari qismi Appalachi tog’lari b-n band (eng baland joyi 1291 m). Iklimi sernam, mutadil iqlim. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -9°, iyulniki 19°. Yillik yog’in 1000 mm. Shtat hududining yarmidan kupi o’rmon b-n qoplangan. Gi- droenergiyaga boy dare va ko’l ko’p. Q.x. rivojlangan. Q.x.ning etakchi tarmog’i — chorvachilik. M. kartoshka etishtirish- da AQShda oldingi o’rinlarda. Yog’och tay- yorlash, yog’ochsozlik, tsellyulozaqog’oz sano- ati muhim ahamiyatga ega. Ko’n-poyabzal, tikuvchilik, to’qimachilik, kemasozlik rivojlangan. To’qimachilik va poyabzal tikish mashinalari ishlab chiqariladi. Sohil qismida baliq konservalash kor- xonalari bor.