MUHAMMAD KOZIM
MUHAMMAD KOZIM (1720/21, Marv — 1753) — Eron tarixchisi, va- zir, Nodirshohning akasi Ibrohimxon saroyidagi amaldor oilasida tug’ilgan. Otasi va M.K. Nodirshoh va uning o’g’illari saroyida xizmat qilishgan. M.K. Nodirshohning katta o’g’li Rizoquli Mirzo saroyida lashkarna- vis (1739— 41) bo’lib, Nodirshoh sa- royida devon xizmatchisi (1744-47) va 1747 y. Marvdagi qurol-aslaha vaziri bo’lgan. Nodirshohning harbiy yurish- larida qatnashgan hamda uning turli topshiriqlarini bajargan xonga yaqin to’ralardan biri hisoblangan. M. K. “Nomai Olamaroi nodiri” (“mashhur Nodir-shohga bag’ishlangan risola”) nom- li asar muallifi. Asar 3 jilddan ibo- rat. 1jidd — Erondagi asosiy voqealar, 1689-1736 y.lardagi Nodirshohning tug’ilganidan to Eron shohi etib say- langan davrigacha mamlakatning siyo- siy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bayon etilgan. 2jild — Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo, Shim. Hindiston va b. mam- lakatlardagi voqealarni (1736-43) (Nodirshohning taxtga o’tirishidan, Shirvondagi qo’zg’olonning bostirili- shigacha bo’lgan davrni) o’z ichiga oladi. 3jild — Eron, O’rta Osiyo, Turkiya va za- kavkazedagi siyosiy voqealar yoritilgan (1743-47). M.K.M. ning asari Eron va O’rta Osiyoning 18-a. yarmiga oid muhim manbadir.