Malikboeva Erkli Vohidovna
Malikboeva Erkli Vohidovna (1928.16.12, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1971). Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1950). 1949 y.dan Hamza teatri (hoz. O’zbek milliy akademik drama teatri)da. Ijodining dastlabki yillari mumtoz va zamonaviy dramaturgiyada chuqur lirik obrazlar — Ofeliya (“Gamlet”), sarvi- noz (“Sevgi afsonasi”), Nazira (“og’riq tishlar”), Xannyan (“sabr kosasi”) va b.ni mahorat b-n ijro etdi. Umesh (“Gang daryosining qizi”), Umar (“Jazoir me- ning Vatanim”) kabi o’g’il bolalar obra- zida M. ijodining yangi qirralari Ochil- Di. Qahramonlarining o’ziga xos ichki du- nyosi, his-tuyg’ularini turli harakatlar, mimika, o’ziga xos talaffuz orqali isho- narli talqin etdi. Shuningdek, Anor- xon (“Hurriyat”), Xadicha (“sarvqomat dilbarim”), Elizaveta (“Mariya Styu- Art”), Silviya (“zamon dramasi”), Oysha (“Imon”), Anna (“tirik murda”), Sotti- xon (“Kelinlar qo’zg’oloni”) singari ob- razlari to’laqonliligi, badiiy etukli- gi b-n ajralib turadi. Qahramonning ichki yoki tashki qiyofasini ochishda unga xos asosiy xislatni asos qilib olgan holda uning tabiatiga moslab betakror talqin tafsilotlarini topishi va na- tijada bir-biriga o’xshamagan inson qiyofalarini namoyon qilish M. ijodiga xos.