Majidov Nabi Majidovich

Majidov Nabi Majidovich (1928.10.12, Toshkent) — nevropatolog olim. O’zbekiston FA akad. (2000), uz- bekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbo- bi (1978), tibbiyot fanlari D-ri (1965), prof. (1966). ToshTIni tugatgach (1952), shu in-t nerv kasalliklari ka-fedrasida klinik ordinator (1952-55), assistant (1955-63), dosent (1963-66), davolash f-ti dekani (1966-67). N.A.Semashko no- midagi fizioterapiya va kurortologiya i. t. instituta direktori (1982-86). 1966— 98 ylarda 1-toshti nevrologiya kafe- drasi mudiri. Ayni vaktda O’zbekiston Nevrologiya ilmiy markazi direktori (1991-98), “sihatsalomatlik” (1991— 2000), “nevrologiya” (1999 y.dan) jur. bosh muharriri. M.ning ilmiy faoliyati kalla suyagi orqa chu-qurchasining fibroz- lovchi surunkali leptomeningiti, xori- oependimatitlar etiologiyasi, patogene- zi, klinik ko’rinishi, kechishi va davolash muammolarini o’rganishga bag’ishlangan. U bosh miya qorinchalarining klinik-ana- tomik xususiyatlarini ko’rsatib berdi. Nerv kasalliklarini davolashda Fer- mentativ preparatlar ishlatishni tav- siya etdi, surunkali leptomeningitlar tasnifini ishlab chiqtsi va amaliyotga tadbiq etdi. Tibbiyot in-tlari talabala- ri uchun nevrologiyadan birinchi darslik va qo’llanmalar muallifi. O’zbekiston nevropatologlari ilmiytibbiy jamiya- ti raisi (1968 y.dan). Evrosiyo tibbiyot FA (1994) akad. Bir qancha xalqaro jami- yatlar a’zosi. As: Opuxoli golovnogo mozga gangli- oz-nokletochnogo proisxojdeniya, 1977; Mumie-stimulyator regenerativnix Pro- tsessov, T., 1980; Nevrologicheskie voz- zreniya Abu Ali ibn sini, T., 1880; Po- yasnichniy osteoxondroz i ego nevrologi- cheskie sindromi, T., 1985; nevropatiya troynichnogo nerva, T., 1991; profilatik nevrologiya, 1-3-j.lar, T., 1993-98.