A’LAM

A’LAM (Arabcha — bilag’on, eng olim) — diniy-huquqiy masalalar yuzasidan fikr beruvchi diniy amaldor. Odatda, muftiylar tuzgan fatvo yoki rivoyatga A’lam muhr bosgach, u kuchga kirgan va qozilar o’sha hujjat asosida hukm chiqargan. Buxoro xonligi davrida har bir qozi yonida A’lam bo’lgan.