A’LO
A’LO (Arabcha— yuqori) — 1) sifati, fazilatlari jihatdan eng yaxshi, eng yuqori, asil; 2) madrasa talabalarining yuqori guruhi; 3) o’quv yurtlari, maktablarda o’quvchilar bilimlarini baholashning besh balli tizimidagi eng yuqori baho (“5” baho).
A’LO — 19-asr—20-asr boshlarida Xiva xonligida 10 tanobdan ortiq yeri bo’lgan dehqonlar. Xonlikda A’lo toifali dehqonlar 3436 xo’jalikni tashkil qilgan. Bunday xo’jaliklarning ko’pchiligi navkarlarniki bo’lib, ular soliqsan tamoman ozod etilgan.