AERODROM

AERODROM (Aero… va Yunoncha dromos — yugurish joyi) — samolyotlarning uchishi va qo’nishi uchun mo’ljallangan, ularni joylashtirish va ularga texnik xizmat ko’rsatishni ta’minlaydigan inshootlarva jihozlar majmui. Fuqaro va harbiy, doimiy va muvaqqat Aerodromlar bo’ladi. Samolyotlarning turlari, hududlarning kattakichikligi, Aerodrom to’shamasining ko’tarish imkoni va boshqa belgilarga qarab sinflarga bo’linadi. Vazifasiga qarab Aerodromning transport, zavod, o’quv-mashq, klub-sport va boshqa xillari bor. Transport Aerodromi aeroport singari jihozlanadi.