Piodermiya
Piodermiya (Yun. ruop — yiring va derma) — terining yiringli ka- salligi. Teriga yiring paydo qiluvchi mikroblar — stafilokokk va strepto- kokklar, goho ayrim mikroorganizmlar — pnevmokokklar, ko’k yiring ta-yokchasi va b.ning tushishi sabab bo’ladi. Ba’zan bir nechta mikroorganizm bir-galikda uchrashi ham mumkin. Tabiatda stafi- lokokk va streptokokklarning doimiy mavjudligi P.ning tez-tez uchrashiga olib keladi. Sanitariyagigiena qonun- qoidalarini bilmaslik yoki uni qo’pol ravishda buzish, tur-mush va mehnat sha- roitlaridagi kam-ko’st holatlar (ayrim kasb kishilarida kumir, tsement va b. b-n terining muntazam ifloslanishi), me’da-ichak, nerv sistemasi faoliyati- ning, shuningdek, moddalar almashinu- VIning buzilishi, intoksikasiya va b. P. tarqalishiga imkon beradi. P.ning o’tkir va surunkali, shuningdek, yuza va chuqur, streptokokkli, stafilokokkli va aralash xillari tafovut qilinadi. Stafilokokkli P.ga (stafilodermiyalar — bunda, asosan, soch follikullari va apokrin bez sohasi zararla-nadi) fol- likulit, chipqon, xo’ppoz, gidrodenit, sikoz va b. kiradi. Streptokokkli P.dan (strepto-dermiyada — teri yuzasi chakala- nadi, no-zik pufakchalar paydo bo’ladi, yiringlaydi; yiring tezda qurib, qora qo’tirga aylanadi) sachratki, saramas, lab bichilishi, xasmol va b. uchraydi. P.ning barcha turlarini davolash deyarli bir xil. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, vitaminlar, spesifik va nospesifik immunobiologik terapiya hamda fizi-ot- erapevtik davo usullari qo’llanadi. Yosh bolalar P.ga ko’proq moyil bo’lganligi uchun bemorlarning sog’lom bolalar b-n yurishiga yo’l qo’yilmaydi. P.ning oldi- ni olishda unga sabab bo’ladigan omilni bartaraf etish muxim.