Pilla tortish

Pilla tortish, pilla chuvish, — pilla qobig’idan xom ipak olish jara- yoni. Bir necha bosqichni o’z ichiga oladi. Dastlab pilla kapalak ochmasligi uchun issiq havo yoki bug’da unga ishlov beri- lib, g’umbagi o’ldiriladi; buzilmasligi uchun maxsus apparatlarda quritiladi; sifati bo’yicha sarala-nadi (sortlarga ajratiladi); nihoyat, P.t.da pilla sir- tidagi chulg’amlar, ipak tolasi va pilla ichidagi chulg’anmaydigan parda olinadi. Pillalardan yakka tolalarini chuvitib tortib olish uchun tozalanib, saralanib va quritilgan pillalar maxsus idish- da maxsus suyuk,lik va muayyan t-Rada bug’lanib ivitiladi. Har bir ivigan pillaning yakka tola uchi topilib tor- tiladi (nomi shundan), bir necha yakka tolalar qo’shilib kalava qilib o’raladi. Ana shu mahsulot xom ipak deb ataladi. Xom ipakni yigirib va pishitib, shoyi to’qish uchun tayyor ipak (ipak tola) oli- nadi. P. t. (pillakashlik) xunarmandchilik- ning qad. turlaridan. O’zbekistonda il- Gari (4-a.da ) Samarqand, Buxoro Xiva, Marg’ilon, Andijon, Qo’qon kabi sha- harlarda P.t. asosan, qo’lda bajarilgan, ipak tolalari kul charxida yigirilgan, endi bu ishlar P.t. avtomati yordamida, yigirish mashinalarida amalga oshiri- ladi. P.t. avtomatida bir nechta (mas, 12 ta) stanok-tos, har qaysi stanok-tosda bir nechta (mas, 10 ta) dan tutqich va ipak kalavasini o’raydigan charx bo’ladi. Har bir tutqich qarshisiga o’rna-tilgan tos ichida uchi topilgan pillalar (mas, 67— 70 ta pilla) bo’ladi. Ta’minlovchi vilka yordamida taranglovchi valik orqali uchi bog’langan pillalar tosga donalab tash- lab turiladi va tut-qich asosidagi diek- ka ilashtiriladi. Disk aylanganda ipak tortilib, kalavaga o’ralaveradi. Maboda tolalar uzilsa, avtomat mashina yuk va richag ta’sirida o’z-o’zidan to’xtaydi. P.t. avtomatida ma’lum ingichka-yo’g’onlik va pishiklikdagi texnika ipagi yoki xom ipak olinadi (q. Ipakchshshk sanoati, Pillachilik). As: Abduqodirov, Pillachiligimiz tarixidan lavhalar, T., 2000.