Paleotip tog’ jinslari

Paleotip tog’ jinslari (Pa- Leo… va typos — tur, qiyofa) — ikkilam- chi jarayonlar natijasida kuchli o’zgargan vulkanik tog jinslari. Kaynotip tog’ jinslaridan farq qiladi. P.t.j.ning o’zgarishi tarkibidagi vulkanik shisha ikkilamchi minerallarga almashinuvi b-n bog’liq. Lekin tog jinslarining o’zgarishi ularni yoshiga bog’liq emasli- gi ma’lum, mas, Islandiyadagi uchlam- chi davrga mansub bazaltlar — P.t.j., aksincha, qad. paleozoy davriga mansub otqindi vulkanik jinslar o’zgarmasdan qolgan (kaynotip jinslar). P.t.j. Vau- larning kaynotip turlari alohida xos- salarga va nomlarga ega, mas, bazaltning paleotip xili — bazaltli porfirit, doleritniki — diabaz; riolit yoki da- tsitning paleotip turi kvarsli porfir deb yuritiladi. Birlamchi mine-rallar ham o’zgaradi: albitlanadi yoki serisit- lanadi, to’q rangli minerallar xlorit va epidot b-n almashadi. Natijada vul- Kanik tog jinslarining ko’rinishi ham o’zgaradi, yaltirog’i ketadi, xiralasha- Di; nordon P.t.j. pushti rangga, asosli P.t.j. esa binafsha rangga ega bo’ladi.