Pichoq o’yin
Pichoq o’yin (kordbozlik) -kad. uzbek tsirki tomoshalaridan biri. O’zbekistonning Jan. xududlarida keng tarqalgan bo’lib, 18-19-a.larda bayram, sayil, to’y va b. katta ma’rakalarda na- moyish etib kelingan. P.o’. 1-2 kishi, ayrim hollarda 4 kishi tomonidan ba- jarilgan. Ijrochilar nog’ora, surnay na- volari ostida 2 tadan 10 tagacha bo’lgan pichoq b-n turli jangovar harakatlar ko’rsatib, tomoshabinlarni hayratda qoddirganlar. Agar kordbozning bir o’zi chiqadigan bo’lsa, u iloji boricha ko’proq pichoqo’ynatishga harakat qilgan. Pichoqlarni qo’llarining tez va chaqqon hara-katlari b-n qo’ltig’idan, bo’ynidan, bu-tidan o’tkazib olishi orqaligina emas, akrobatik tryuklar yordamida ham o’yin namoyish qilgan. 2 kordboz chiqqanda, ular raqs vosi- talari b-n mohir, epchil va jangovar ikki jangchi obrazini berishga hara-kat qilgan. Kordbozlar shamshir va nay-za b-n ham turli o’yinlar ko’rsatishgan. 20-a.da P.o’.ni Z.Mirzaev, Rajab kord- boz va b. namoyish qilishgan. 1940— 50 y.larda professional uzbek tsirki tar- kibida kordboz Abdulla Azizxon o’zining pichoq va xanjarlar o’yini b-n ko’plab shaharlarda tomosha ko’rsatgan. Hoz. kun- da P.o’. an’anaviy tsirk gu-ruxlarida ijro etilmoqda. Po’lat Toshkanboev.