Perm tillari

Perm tillari — Finn-ugor tillari guruhining bir tarmog’i; komi- ziryan, komi-permyak va udmurt tillari- ni qamrab oladi. P.t.da so’zlashuvchilar, asosan, RFning Komi va Udmurtiya re- spublikalarida, Komi-permyak Muxtor okrugida yashaydi; shuningdek, komilar Tyumen va Omsk viloyatlarida (ob va Tobol daryolari bo’ylarida), udmurtlar esa Bosh-qirdiston, Tatariston Respu- blikalari hamda Kirov, Sverdlovsk VI- loyatlarida istiqomat qiladilar. P.t.da so’zlashuvchilarning umumiy mikdori 1 mln. kishidan ortiqroqdir. Komi va udmurt tillari shu tillarda so’zlashuvchilarning o’zaro fikr Alma- shuvlariga monelik qiluvchi muayyan ta- fovutlarga qaramay, bir tipdagi tillar hisoblanadi. Har uchala adabiy tilning fonetik tarkibi o’zaro Moe keladi: 7 ta unli va 20 ta undosh fonema mavjud; mor- fologik tarkibi ham asosan bir tipda bo’lib, kelishiklar tizimi deyarli farq qilmaydi: udmurt tilida 15 ta, komi- ziryan tilida 16 ta, komi-permyak tilida 17 ta kelishik mavjud; ulardan 14 tasi har uchala til uchun umumiydir. Olmosh va sonlarda, fe’llarning o’tgan zamon tizimida ham o’xshashliklar ko’p. Birok, sintaksisda anchagina tafovutlar uch- raydi. Tatar tilining ta’siri tufayli udmurt tili turkiy tillar sintaksisiga xos xususiyatlarni saqlab qolgan, fe’l, asosan, ran oxirida keladi. Udmurt tili leksikasida tatar tilidan o’zlashgan so’zlar ko’p. P.t. 20-a.ning 30-y.larida lo-tin grafikasidagi alifbodan foy- dalangan, 30-y.larning oxiridan esa ay- Rim qo’shimcha harflar qo’shgan holda rus alifbosidan foydalanadi.