Perm

Perm (1940-57 y.larda — mo- Lotov) — RF Perm viloyatidagi shahar (1781 y.dan), viloyat markazi. Kama so- xilidagi port. Transport yo’llari (t. y., dare, avtomobil va havo transpor- ti) tuguni. Aholisi 1021,7 ming kishi (1998). Mashinasozlik (aviadvigatellar, turli sanoat uskunalari, Avto-kran- lar va b., mudofaa mahsulotlari i.ch.), kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ish- lash, yog’ochsozlik, poligrafiya sanoatla- ri bor. Kama GES mavjud. Rossiya FA- ning Perm ilmiy markazi, 7 oliy o’quv yurti (shu jumladan, un-t), 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), xore- ografiya bilim yurti, ba-diiy galereya, viloyat o’lkashunoslik muzeyi, Kama suv ombori sohilidagi Xoxlovka yog’och me’- morligi muzeyi FA-oliyat ko’rsatadi. P. 17-a. danma’lum. 1723 y.dan mis eritish z-diga qarashli sha-harcha. 1781 y.dan Perm noibligi markazi, 1796 y.dan Perm gubernyasi markazi. 1781-98 va 1807-31 y.larda bu erda Ural konchilik z-dlarining Bosh boshqarmasi joylash- gan. P.da me’moriy yodgorliklardan Pe- tropavlovsk sobori (1757-64), Spas— Preobrajenie monastirining sobori (1798— 1832) va b. saqlangan.