MUHAMMAD JO’GIY MIRZO
MUHAMMAD JO’GIY MIRZO (1402-1444) — temuriy Shahzoda. Shohruxnint o’g’li. Onasi — Gavharshodbegim. 1433 y. Garmsir viloya- ti hokimi, 1443 y.dan Balx hokimi. 1419 y. Mo’g’uliston xoni sham’i jahrnning qizi mehr Nigor og’oga uylangan. 1427 y. 15fev.da otasining topshirig’iga ko’ra, Baroqxonga qarshi harbiy yurish qilgan akasi Ulug’bekka yordam berish uchun Hirotdan qo’shin b-n otlangan va Samarqanddan Sig’noqqa boradigan yo’lda unga qo’shilgan. Sig’noq yaqinidagi qirlarda son jihatdan ko’p bo’lsada, raqibga nisbatan tegishli xavfsizlik tadbirlarini ko’rmagan shahzodalar Baroqxon qo’shinidan mag’lubiyatga uch- rashgan. Ulug’bekning shu yilning apr. da uyushtirgan qayta yurishida M.J.M. betobligi sababli Samarqandda qolgan. Shohruxning M.J.M. ni o’ziga valiaxd qilish niyati bor edi, lekin Hirotda amaldagi hokimiyat Gavharshodbegim qo’lida bo’lib, devondagi muhim masala- larni hal qilishga uni yaqinlashtirmas edi. M.J.M. ko’p vaqtini Hirotda o’tkazgan, otasining G’arbiy Eron- ga qilgan yurishlarida qatnashgan. Hirotdagi Gavharshodbegim madrasasi- dagi Boysunqur maqbarasiga dafn etil- gan.