MUHAMMAD (MAMAT) MAHRAM Majmuasi
MUHAMMAD (MAMAT) MAHRAM Majmuasi — Xivaning Dishan qal’a qismidagi me’moriy yodgorlik (1903). Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning yaqin mulozimlaridan bo’lgan Mamat mahram tomonidan qurilgan. Madrasa, guzar masjidi, minora va b. qo’shimcha xonalardan iborat. Majmua (21,0 x39,0 m) bosh tarzi (eni 27,0 m) Jan. ga qaragan, bir qavatli, g’ishtin ravoqli. Peshtoq hamda 2 gumbazli miyonsaroy orqali hovliga kiriladi. Miyonsaroy- ning sharqida yarmi ochiq 2 ustunli ayvon b-n bog’langan 2 uzun jamoatxona, Jan.da masjid, minora hamda ko’ndalangiga tur- li hajmdagi tor hujralar va b. qo’shimcha xonalar joylashgan. Minora bal. — 9 m, diametri — 4,2 m, g’ishtdan belbog’lar hosil qilib bezatilgan. Qafasasi kichik darchali, tepasi murqarnas va qubba b-n yakunlangan.