“Murodxon”
“Murodxon” — “Rustamxon” tur- kumi dostonlaridan. Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olinib, nashr etilgan. Turkum 5 Doston (“Sultonxon”, “Mu- rodxon”, “Oftob pari”, “Rustamxon”, “Rustamning yaralanishi”)dan iborat. Unda Murodxonning boshiga davlat kushi qo’nib, Oqtosh eliga podsho bo’lishi, go’zal Orzigulga oshiq bo’lib, uni izla- shidagi sarguzashtlari, Orzigulni olib, yurtiga qaytishi voqealari tasvirlan- gan. “M.”da mardlik, vatanpar-varlik, adolat va haqiqatgo’ylik g’oyalari kuy- lanadi. Murodxon yorini izlab, safarga otlanarekan, o’zo’rniga qo’ygan otaliq. — bek va amaldorlardan mamlakatni adolat b-n boshqarishni, beva-bechoralarning holidan doim xabardor bo’lishni tayin- laydi. Bu narsa dostonda xalq ijodiga xos demokratik ruh yanada yorqin namoyon bo’lganligini ko’rsatadi.