Morua (Maurois) Andre
Morua (Maurois) Andre (taxallu- si; asl nomi Emil Erzog; 1885.26.7, El-byor — 1967.9.10, Parij) — Fran- suz yozuvchisi. Frantsiya akademiyasi a’- zosi (1938 y.dan). “Kamsuxan polkovnik Braml” (1918) va “sergap doktor ot- Redi” (1922) romanlarida o’zi ishtirok etgan 1jahon urushidan olgan taassu- rotlarini aks ettirgan. “Bernar Kene” (1926), “taqdir o’yinlari” (1928), “oi- laviy davra” (1932), “ona zamin” (1945) romanlari frantsuz xalqi oliy tabaqasi xayoti haqida. M. adabiytanqidiy esselari, tari- xiy shaxslar haqidagi kitob va xotira- lari b-n mashhur. U “Ariel yoki Shelli hayoti” (1923), “Bayron” (1930), “tur- Genev” (1931), “Leliya yoki Jorj Sand hayoti” (1952), “Olimpio yoki Viktor Gyugo hayoti” (1954), “uch Dyuma” (1957), “Prometey yoki Balzak hayoti” (1965) singari asarlari b-n xorijiy adabiyotda biografik roman janriga tamal toshini qo’ygan. M. bu asarlarida mashhur kishi- lar hayoti va ijtimoiy faoliyati faktla- ridan chetga chiqmagan holda ular haqida badiiylashtirilgan hujjatli roman yozish mumkinligini isbotlab berdi. M. o’z qahramonlariga bo’lgan mehrli muno- Sabatini ifodalash orqali adabiyotning insonsevarlik mohiyatining teranlashi- shiga qissa qo’shdi. M.ning “Chorshanba binafshalari” turkumidagi hikoyalari o’zbek tiliga tar- jima qilingan. As: Memuari, M., 1970.