AQSh MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI

AQSh MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI — 1876 yilda shimoliy Amerikadagi Angliya mustamlakalarida milliy ozodlik urushi davom etayotgan paytda qabul qilingan hujjat. Unda Shimoliy Amerikaning Angliya qo’l ostidan ajralib chiqqanligi va yangi, mustaqil AQSh davlati tashkil topganligi e’lon qilindi. Loyihasini milliy ozodlik harakati arboblaridan Tomas Jefferson tayyorlagan. Ushbu Deklaratsiyada xalqlarning mustaqilligi g’oyasi, barcha kishilar qonun oldida teng hamda “yashash, erkinozod bo’lish va baxt-saodatga intilish” huquqiga ega ekanligi baralla ifodalandi. U inson huquqlarining ilk deklaratsiyasi sifatida katta tarixiy ahamiyat kasb etdi, jahon bo’ylab mustabidlikka qarshi kurashga da’vat bo’lib yangradi.