Miskin

Miskin (taxallusi; asl ism- sharifi G’ulomxalil Toshmuhammad o’g’li), (1880—Toshkent—1937) — shoir. Otasi temirchilik, mixchagarlik b-n shu- g’ullangan. Balandmachitdagi maktabda, so’ng “Ko’kaldosh” madrasasida o’qigan. Dastlabki she’rlari muhabbat mavzuida. Ko’p o’tmay, she’riyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ij- timoiy uyg’onishida katta xizmat qilgan “Shuhrat” gaz.ni she’r b-n quvvatlab chiqqan. M. she’rlarida xalq ommasini as- riy jaholatdan uygonishiga chaqirgan. Xalqqa erk va ozodlik ruhini Sing- dirish, ularni haq-xuququchun kurash- ga uyg’otishda o’z hissasini qo’shgan. M.ning avtobi-ografik she’rlari shoir hayotining og’ir va murakkab kechganini ko’rsatadi. M. she’rlaridan 2 devon tuzgan. 200 sahifadan ko’proq 1devondan 1925 y.gacha yozilgan va chop etilgan she’rlari joy olgan. So’nggi she’rlari esa 2devonda jamlangan bo’lib, 160-170 sahifani tashkil qilgan. Biroq ularning takdi- ri noma’lum. 70 ga yaqin she’rlarigina saqpangan. Ushbu she’r- lar shoirning o’z qalamiga, o’z ovozi- ga ega bo’lgan, adabiyotimiz tarixida se- zilarli iz qoldirgan iste’dod so-hibi ekanligini ko’rsatadi. She’rlari shu paytga qadar to’plangan, o’rganilgan emas. Toshkentda M. nomida ko’cha va mahalla bor. Ad.: Asrlar nidosi, T., 1982; Qosimov B., Salom, kelajak, T., 1986.