Mushfiqiy Abdurrahmon

Mushfiqiy Abdurrahmon (1525 -Buxoro -1588) — shoir. Buxoro ma- drasalarida ta’lim olgan. 1564 y.gacha Buxoroda yashagan. 1568-72 y.larda Samarqand hokimi Sulton Said saroy- ida kitobdor bo’lgan. 1572-73 y.larda Hindistonda Akbarshoh saroyida, 1578 y.dan Buxoro amiri Abdullaxon saroyi- da xizmat kilgan va “Malik ush-shuaro” unvonini olgan. M. boy adabiy meros qoldirgan. Shoirning hajviya, g’azal va qasidalari “Devoni Mutoibot”, “De- voni g’azaliyot”, “Devoni kasoid”, “101 tugun” (“Sadu yak buvad”) kabilarda jam- langan. M. go’zallik va muhabbat xaqida “Eram bog’i”, shuningdek, “Soqiynoma” va “Jahonnoma” kabi poetik asarlar- ni yaratgan. M. asarlari xalq orasida keng tarkalgan va uning uzi ham Mulla Mushfiqiy nomi b-n tojik xalq latifa- lari kaxramoniga aylanib ketgan. Ad.: Bertels E.E., Istoriya Persid- skoy i tadjikskoy literaturi, M., 1970.