AHMEDOV KARIM SODIQOVICH
AHMEDOV KARIM SODIQOVICH (1914. 19.2, Toshkent) — kimyogar olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1968). Kimyo fanlari Doktori (1958), professor (1960). O’rta Osiyo untoversitetiini bitirgan (1937). ToshDU da kafedra mudiri (1953 – 72). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo institutida laboratoriya mudiri (1958-81), shu institut direktori (1965-72), ToshPI rektori (1972-88), kafedra mudiri (1973 yildan). Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorati qoshida maslahatchi (1991 yildan). Ahmedov O’zbekistonda birinchilar qatorida tabiiy va sun’iy yo’l bilan olingan yuqori molekulyar birikmalarning fizik va termokimyosi sohasida tadqiqotlar o’tkazgan. Uning ilmiy ishlari asosan kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid bo’lib, suvda eruvchan polielektrolitlar, quyi va yuqori molekulyar sirt-faol moddalar olishning yangi yo’nalishlarini ochish hamda amalga tatbiq etish masalalariga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).