Mannopov Sultonali
Mannopov Sultonali (1948.1.1, Quva tumani) — xonanda, dirijyor. O’zbekiston xalq artisti (1999). Far- gona ped. in-tini tugatgan (1974). Xo- nandalik san’ati sirlarini T. Qodirov, M. Madaliev kabi ustozlardan o’rgangan. Farg’ona davlat untida o’qituvchi (1974— 78), kafedra mudiri (1992 y.dan), prof. (2001 y.dan); Farg’ona viloyati musiqali drama va hajviya teatrida xormey- ster, direktor (1978-88), bosh dirijyor (1978-88; 2001 y.dan), Farg’ona viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda, ba- diiy rahbar (1988-2001). Ijro dastu- ridan “Ushshoq”, “Bayot”, “Qalandar”, “Abdurahmonbegi” kabi mumtoz ashula turkumlari, “Bog’aro”, “kirib bo’stonni kezdim” kabi katta ashulalar, yallalar (“Ul kun jonon”, “ul parivash” va b.), za- monaviy ba-stakorlar yaratgan (“gulzorga qarasam”, A. Ismoilov; “Vatanni sevmoq iymondandur”, K. Soliev va b.), shuning- dek, uzi bastalagan (“Qalandar ishqi”, “Vodiy taronasi”, “O’zbekistonim”, “Kelsa Sanamim” va b.) asarlar urin olgan. O’zbek musiqasi mavzuidagi il- miy-ommabop va badiiy risolalar (“An’-anaviy qo’shiq ijrosi”, “tavak- kal Qodirov”, “so’nmas navolar” va b.) muallifi.