Massachusets

Massachusets – AQShning shim.- Sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 21,4 ming km2. Aholisi 6,42 mln. kishi (2002). Ma’- muriy markazi — Boston sh. Shtatning Sharqiy qismi Atlantika bo’yi pastte- kisligidan iborat, markazini Konnek- tikut daryosi vodiylari b-n parchalangan yassitog’lik, g’arbiy qismini Appalachi tog’lari egallagan. Aralash o’rmonlar (ayniqsa, tog’larda) keng tarqalgan. M. aholi eng zich joylashgan va iqtisodiy yuksalgan Shtatlardan. Asosiy sanoat tarmog’i — mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, radioelektronika, sta- noksozlik, vagonsozlik, to’qimachilik va poyabzal sa-noatlari uchun mashinalar i.ch. Shunin-gdek, to’qimachilik va ko’n- poyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Kimyo, rezina, qog’oz, poligrafiya, oziq- ovqat sanoati korxonalari mavjud. Aso- siy sanoat markazi va dengiz porti — Boston sh. Q.x. shaharlarni oziq-ovqat b-n ta’minlashga: sut chorvachiligi va parrandachilikka, sabzavot va polizchi- likka ixtisoslashgan. Baliq ovlanadi. M.da Garvard va Klark un-tlari, texno- logiya in-ti bor. Turizm rivojlangan.