Masson Mixail Evgenevich

Masson Mixail Evgenevich (1897. 21.11, Peterburg — 1986.2.11, Tosh-kent) — arxeolog, tarixchi, Sharq- shunoe Arxeologiya D-ri (1936), prof. (1945). O’rta Osiyo unti arxeologiya ka- fedrasi mudiri (1940-68), O’zbekiston (1944) va tur-kmaniston (1950)da xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Turkmaniston FA akad. (1951). Dastlabki arxeologik kompleks ekspedisiyalar — Termiz ar- xeologik kompleks ekspedisiyasi (1936- 38), Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasi (JTAKE, 1945 y.dan) asoschisi va rahbari. 19-a. oxiri- dan Samarqand, Toshkentda yashagan. 1912 y.da O’rta Osiyoda arxeologik i.t. ishla- rini boshlagan (Afrosiyob), key-ingi yillarda O’zbekiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Jan. Qozog’istonda ko’plab arxeologik razvedka va qazishma ishla- rini olib borgan. M. rahbarlik qilgan JTAKE faoliyati b-n Niso va ko’hna Mare sh. xarobalaridan topilgan osori- atiqalar olamshumul ahamiyat kasb etgan. O’rta Osiyo tarixi, ayniqsa, numizmati- kasi va shaharlari (Samarqand, Buxoro, Toshkent) tarixiy topografiyasi, kon- chilik tarixi, me’morlik, epigrafika bo’yicha ilmiy yo’nalishlar muallifi. M. muharrirligi ostida 30 dan ziyod ilmiy to’plamlar va monografiyalar, shunin- gdek, JTAKEning 18 jildi nashrdan chiqqan. As: Axangeran. Arxeologotopografiches,kiy ocherk, T., 1953; Srednevekovie torgovie puti iz Merva v Xorezm i v Maverannaxr [Trudi Yujno-Turkmenistanskoy arxeologiche- skoy ekspedisii], t. 13, Ashxabad, 1996.