MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISH
MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISH — unitar davlat hududi yoki Fe- derativ davlat sub’ektlari hududining ma’lum qismlar (viloyatlar, guber- niyalar, de-partamentlar va sh. k.)ga bo’linishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu bo’linishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday bo’linish idora etishning ku- lay, davlat organlariga aholikg.ng yaqin bo’lishini, i. ch.ni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshi- riladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiytarixiy, milliy va ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki bo’g’inli (AQSh), uch bo’g’inli (Buyuk Britaniya, Frantsiya), to’rt bo’g’inli (GFR) bo’lishi mumkin. Juda kichik dav- latlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yo’q. O’zbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpog’iston Respublikasi, vilo- yatlar, tuman, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Shaharlar respublika miqyosidagi shahar (Toshkent sh.), viloyat tarkibidagi shaharlar, tuman tarkibidagi shaharlarga bo’linadi. Tumanlar viloyat tarkibidagi tumanlarga va shahar tarkibidagi tu- manlarga bo’linadi (yana q. O’zbekiston Respublikasining ma’muriyhududiy tu- zilishi).