Mag’rib
Mag’rib (Arab.) —l) dunyoning to’rt tomonidan biri, G’arb; 2) Afrikada Tu- nis, Jazoir, Marokashdan iborat re- Gion. Liviya, Mavritaniya va G’arbiy Sahroi Kabir M. b-n birgalikda katta M. yoki Arab g’arbi (Arab Sharqi — Mashriqdt ajratib) deyiladi. O’rta asr- larda musulmon Ispaniyasi (Andalusiya) va Arab xalifaligining O’rta dengiz- ning g’arbiy qismidagi boshqa mulklari (Balear o.lari, Sardiniya, Sisiliya) ham M.ga qo’shib aytilgan. Marokash va Tunis mustaqillikka erishgach (1956), Marokash qiroli Muhammad V va Tunis Bosh vazi- ri Habib Burg’iba “Buyuk Arab Mag’ribi” regional ittifoqini tuzish g’oyasini il- Gari surdilar. Birlashtirish masalasi bo’yicha Tanjer (1958) va Rabot (1963) da konferentsiyalar o’tkazildi. 1964 y. M. davlatlarining doimiy maslahat qo’mitasi tuzildi. Unga Marokash, Ja- Zoir, Tunis, Liviyaning moliya vazirlari kiradi. 1964-68 y.larda qo’mita qoshida tarmoq komissiyalari tuzildi va M. dav- latlari o’rtasida iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan hamkorlik qilish to’g’risida shartnomalar imzolandi. 1970 y.dan Mavritaniya ham (kuzatuvchi sifa- tida) qo’mita ishlarida qatnashmoqda. 1970 y. Liviya M.ning barcha regional tashkilotlaridan chiqtsi.