Mogadisho

Mogadisho (mahalliy nomi xa- Mar) — Somali poytaxti. Benadir vilo- yatining ma’muriy markazi. Hind okeani sohilida joylashgan. Aholisi 900 ming kishi (1996). Iklimi subekvatorial iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 28°, iyul- niki 26°. Yillik yog’in 400 mm dan ziyod. Mamlakatning asosiy porti (chetdan sa- noat xom ashyolari, mashina, jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi). Aeroporti xalq,-aro ahamiyatga ega. AV- tomobil yo’llari tuguni. Mamlakatning eng yirik sanoat markazi, ishlab beruv- chi sanoat korxonalarining 1/2 qismi shu erda. Neftni qayta ishlash, yog’ochsozlik, sut mahsulotlari z-dlari, go’sht va un tortish k-tlari ishlamoqda. Ko’n- poyabzal, parfyumeriya, tamaki, gugurt, paxta tozalash f-kalari, kemasozlik va kema ta’mirlash korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Shaharga 12-a.da Arab va fors sav- dogarlari tomonidan asos solin- gan. Keyinroq Afrikaning Sharqiy sohilidagi yirik savdo markazi bo’lgan. 12-17-a.larda Mogadisho davlati poy- taxti, 17-a.da Ummon sultonligi qo’l ostida bo’lgan. 1905-60 y.larda Italiya Somalisining ma’muriy markazi. 1960 y.dan mustaqil Somali poytaxti. Me’- moriy yodgorliklardan shahar markazida minorali masjid (1238), Faxriddin masjidi (1269, qrldiqlari), munisi- palitet (1905) saqlangan. Yangi shahar qismida sanoat korxonalari, aeroport, port, sport va sog’lomlashtirish zonalari joylashgan. Milliy teatr, Xalq saroyi, Milliy un-t, kollejlar, dengizda suzish va baliq ovlash maktabi, i. t. muassasala- ri, tibbiyot va tropik gigiena jamiyati, Milliy un-t kutubxonasi, Milliy mu- zey va b. bor.