Mirtojiev Jaloliddin Tursunovich

Mirtojiev Jaloliddin Tursunovich (1954.15.2, Toshkent) — haykaltarosh, O’zbekiston xalq rassomi (2003). Toshkent teatr va rassomlik san’- ati in-tini tugatgan (1977). M.ning gips, bronzada yaratgan asarlari professional mahorati b-n diqqatga sazovor, asarlari- dagi obrazlar etuk, puxtaligi b-n ajra- lib turadi. Ilk asarlari “Lola”, “Nigo- ra”, “professor Rasulov”, “Shum bola” va b. O’zbekiston mustaqilligi yillari- da M. ijodi yuksak pog’onaga ko’tarildi: “Bobur” (1993 y., Andijonda), “Abdul- la Qodiriy” (1994, Toshkentda), “AB- durauf Fitrat” (1996-97, Buxoroda), “Abdulhamid Cho’lpon” (1997, Andijon), “Alisher Navoiy” (2001, Moskvada), “Kamoliddin Beqzod” (2003, Chanchun sh., Xitoyda), Amir Temur tavalludi- ning 660 y.ligiga bag’ishlab, “Temur Ma- lik”, “Mirzo Ulug’bek”, “Amir Temur”, “Chovgon o’yinida Bobur” va b. asarlari-ni yaratdi.