Mirzaev Rahmat

Mirzaev Rahmat (1878 – Buxoro -1963) — zardo’z, Buxoro zardo’zlik MAK- tabining yirik namoyandasi. Uzbekiston xalq rassomi (1957). Zardo’zlikni ot- asi va b. ustalardan o’rgangan. Yoshligi- dan Qori Hasan ustaxonasida ishlagan. 1928 y.dan turli artellar (keyinchalik “Buxoro zardo’zlik f-kasi”)da zardo’z. Zardo’zlik san’atini puxta egalla- gan M. zardo’zlik rivojiga katta hissa qo’shgan; an’anaviy naqshlarni mahorat b-n qo’llab amaliy san’at na-munalarini yaratdi, naqsh mujassamotlarini yangi xususiyatlar b-n boyitdi, zardo’zi cho- klarning nafisligi va jozibadorligi- ga erishdi. “Tinchlik kabutari” pesho- nabandi (1949-50), “Ismoil Somoniy maqbarasi” namoyoni, rangbarang mujas- samotli (“darham”, “zamindo’zi”, “toj”, “qubbado’zi” va b.) do’ppilarni mustaqil yaratgan, Navoiy teatri uchun sahna parda- si (1947, akad. Shchusev chizgisi), “paxta” (1954, M. Prutskaya) va b. zarduzi namo- yonlarni tayyorlashda faol ishtirok etdi.