MIRSANJALI
MIRSANJALI — Farg’ona guruhiga mansub mahalliy o’rik navi. Daraxti bal. 6 m, 70-150 y. yashaydi. Yosh novdalari ingichka. Iyun oyining oxirida mevalari barobar pishib eti- ladi. Pusti yupqa, mevasi o’rtacha qattiq, yuzasi bir oz tukli, Tuey sariq. Eti sariq, may-in, xushbo’y, shirin, tarki- bida 13-21% qand, 0,8—1,2% kislota- lar, 18-23% quruq modda bor. Danagi etidan yaxshi ajraladi. Ko’chat ekilgach, 4-5-yili hosilga kiradi. Sovuqqa chi- damsiz. Yangiligida iste’mol qilinadi, quritiladi. Yuqori sifatli bargak va sharbat tayyorlanadi. Asosan, Farg’ona vodiysida ekiladi.