Moliya tizimi
Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya ama- liyoti. M.t. faqat moliya munosabatlari- ni emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi: a) moliya ob’ektini hosil etuv- chi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat ido- ralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining sub’- ektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, ya’ni moliya munosabatla- rida qo’llaniladigan va pul b-n bog’liq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subventsiya, dotasiya, sanasiya, moliya normativlari, moliyaviy sanktsiya va b.); g) moliya in-tlari va dav- latning moliya idoralari (moliya kompa- niyalari, moliya jamg’armalari, moliya va- zirligi, uning mahalliy bo’linmalari, soliq idoralari, g’aznachilik xizmati, soliq polisiyasi va b.); D) moliya bozo- ri — fond bozori, sug’urta xizmati bo- zori, valyuta bozori; e) moliya siyosati — iqtisodiyot sub’ektlarining moliyaga oid yul-yo’riklari va xatti-harakati. M.t. iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy o’sish rag’batlantiriladi.