Molalash

Molalash, mola bostirish — erda namni saqlash, ekishni sifatli o’tkazish va sug’orish uchun qulay sharo-it yara- tish maqsadida ekinlar ekish oldidan o’tkaziladigan agrotexnikaviy tadbir; shudgor o’nqir-cho’nqirini yo’q qilish, erdagi namni saklash, ekishni sifatli o’tkazish va sug’orish uchun sharoit yara- tish maqsadida mola yordamida bajari- ladi. Haydalgan er yuzasining tekisla- nish darajasi mola yuritish tezligi va yo’nalishiga bog’liq. Molani er haydash yo’nalishiga nisbatan ko’ndalangiga yoki uchastkaning diagonali bo’yicha yurgizil- sa, er tekislash sifatli bo’ladi. Yog’och mola bostirilganda shudgor yuzasi 7,5 sm gacha zichlashadi. Ko’klam qurg’oqchil kel- ganda M. foydali, shuning uchun ekin kech- ki muddatlarda ekilayotganda dalaga 2-3 marta mola bostiriladi. Etilgan erga- gina mola bostirish kerak. M.dan aso- siy maqsad: bahorda, asosan, tuproqning pastki qavatlaridan kapillyar g’ovaklar orqali namning bug’lanishini kamay- tirish, yirik kesaklarni uvoqlash. Keyingi vaqtlarda engil tuproqli erlarni M.da zanjir b-n bir-biriga ulangan 4 ta chorqirrali sixmoladan foydalanilmoqda (q. Boronalash).