ZAYNIDDIN JURJONIY

ZAYNIDDIN JURJONIY, Abu Ibrohim ibn Hasan ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad al-Husayniy (? — 1137) — tib olimi, Xorazmning Jurjon shahrida tug’ilgan. Dastlab u Otsiz Xorazmshohning shaxsiy tabibi bo’lgan, so’ng Marvga ketib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Arab, fors tillarida ijod qilgan. Olim tibga oid “Al-a’roz at-tibbiyya” (“Kasalliklar belgilari”) asarini Otsiz Xorazmshohning vaziri, olim Majiduddin Abu-Muhammad iltimosiga ko’ra yozgan. U “Zaxirayi Xorazmshohiy” (“Xorazmshoh xazinasi”), “Ta’liq Shayx ir-rais” [“Olimlar olimi (Ibn Sino) sharhi”], “Zubdat uttibb” (“Tib ilmining asosiy mag’zi”) kabi asarlar muallifidir.