Movut

Movut — jun tolalardan yoki ularga boshqa tolalar aralashtirib to’qiladigan jun yoki yarim jun gazlama. Mayin va dag’al xillari bo’ladi. May- in M. mayin va yarim dag’al tolalardan, dag’al M. dag’al tolalardan tayyorlanadi. M. tay-yorlash uchun tolalar maxsus mashi- nalarda bevosita kigizga o’xshatib bo- siladi yoki oldin to’quv dastgohida xom gazlama to’qib olib, uni mashina vallari orasidan o’tkazib zichlanadi. Xom gazla- ma to’qish uchun to’quvchilik usullarining asosiylari —garnitura, sarja va satin o’rilishlar qo’llaniladi. M., asosan, shi- nellar, paltolar va b. tikish uchun ish- latiladi.