Ming, minglar

Ming, minglar — o’zbek xalqi tar- kibiga kirgan qabilalardan biri. Hoz. Samarqand viloyati, qisman Farg’ona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Denov tumanlarida, Xorazm- da va Tojikistonning Hisor tumanida yashaganlar. Zarafshon vodiysida yashovchi M.lar 3 yirik uruqqa, bu urug’lar, o’z na- vbatida, yana bir qancha kichik urug’larga bo’lingan: 1)tug’ali (Axmat, chag’ir, to’yi namoz, Oqshiq va b.); 2) Bog’lon (chibli, qora, Mirza va b.); 3) uvoq tamg’ali (alg’ol, chaut, jayli, O’ramas, to’qnamoz, Kiyu- Xo’ja, yarat) urug’lari. M.lar boshqirdlar tarkibiga ham kirgan. Qo’qon xonlari (q. Qo’qonxonligi) M.lardan bo’lgan. Bu- xoro vohasida yashagan M.lar ham Buxoro xonligi siyosiy hayotida faol qatnashgan. Xonliqdagi muhim mansablarni M.ning beklari egallab kelgan. O’ratepa va Urgut beklari ham M.lardan bo’lgan. 19-a.ning oxiriga kelib M.larning ko’pchiligi o’trokdashib, dehqonchilik va pillachi- lik b-n shug’ullanishgan. Tog’li tumanlar hamda cho’llarda o’rnashib qolgan M.lar chorvachilik b-n ma-shg’ul bo’lishgan. M. ayollari gilam to’qish, kigiz bosishni yaxshi bilishgan.