Mensheviklar
Mensheviklar (rus. menshevi- ki — ozlar) — RSDRPdagi siyosiy oqim vakillari, 1917 y.dan mustaqil siyosiy partiya. “M.”tushunchasi RSDRPning 2-s’ezdi (1903)da paydo bo’ldi. O’shanda delegatlarning bir kismi partiya rahbar organlariga saylov to’g’risidagi masala- da ozchilikni tashkil qilib qolgandi. Asosiy g’oyaviy rahbarlari — L. Mar- tov, A. S. Martinov, P. B. Akselrod, G. V. Plexanov. M. partiya ishida kat’iy tsentralizmga va MKga katta vakolat- lar berilishiga qarshi chiqdi. 1905-07 y. inqilobida proletariat samoder- javiega qarshi Liberal burjuaziya b-n koalisiyada harakat qilishi kerak, deb hisoblagan; dehqonlarning inqilobiy salo-hiyatini rad etgan; tinch yo’l b-n ish olib borishni afzal deb bilgan va h.k. Fevral inqilobidan keyin vaqtli hukumatni qo’llab-quvvatladi. Ros- siya sosializm uchun etilgan emas deb hisoblab, oktyabr davlat to’ntarishini qabul qilmadi, bolsheviklar so- tsialistax tajriba muvaffaqiyatsiz chiqqanligini his etib chekinadi va bo-shqa partiyalar b-n kelishishga in- tiladi, deb o’yladi. Fuqarolar urushi- da antibolshevistik hukumatlarda, qurolli harakatlarda qatnashdi, biroq Antanta davlatlari va ular qo’llab-quv- vatlayotgan aksilinqilobiy kuchlarga qarshi chiqdi. 1924 y. M. uyushgan kuch si- fatida Sho’rolar hududida faoliyatini to’xtatdi. 1931 y. martda menshevikcha “RSDRP MK Ittifoq byurosi” ustidan to’qib chiqarilgan sud jarayoni bo’ldi, uning a’zolari (14 kishi) josuslik va ziyonkashlikda ayblanib, turli muddat- larga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi.