ZAKS NELLI

ZAKS NELLI (1891 — 1970) — nemis shoirasi. 1940 yildan Shvetsiyaga emigratsiyaga ketgan. “O’lim maskanlari” (1947), “G’amgin yulduzlar” (1949), “Kelajakni hech kim bilmaydi” (1957), “Ko’chish va evrilish” (1959), “Tiriklarni izlash” (1971) kabi she’riy kitoblari bor. 1943-44 yillarda liniy mavzuda “Eli” nomli drama yozgan. 1951 yil nashr etilgan. Zaks she’rlarida diniy mavzu, xristianlik motivlariga tayanish, shuningdek, Injilga xos ramzlarni qo’llash asosiy o’rin tutadi. Nobel mukofoti laureati (1966).