Martinson Xarri
Martinson Xarri (1904.6.5 – Stokgolm — 1978.11.2) — Shvesiya sho- iri, jurnalist. Ilk she’rlar to’plami — “Sharpa va kema” (1929). “Maqsadsiz sayyohatlar” (1932) ocherklar to’plami va “qichitqi o’t gullari” (1935) romani o’zining sarsonsargardonlikda kechgan umri, og’ir etimlik taassurotlari aso- sida yozilgan. M. “Ko’chmanchi” (1930), “Hayotga yo’llanma” (1936), “Passat” (1945) she’riy to’plamlari, “Klokri-ke- dagi yo’l” (1948) romani va b. asarlar mu- allifi. M.ning “Aniara” (1956) falsa- fiy dostoni mashhur. Asar, bortiga 8000 erlik olgan kosmik kema haqidagi 103 qo’shiqsan iborat. Odamlar er sayyorasi- dagi atom halokatidan qochib ketadilar. Ayni vaktda, ma’naviy qadriyatlarni yo’qotgan odamzotning majoziy tarixi- dir. Nobel mukofoti laureati (1974).