Maxachqala
Maxachqala [1857 y.gacha Pe- trovsk, 1857-1922 y.larda Petrovsk— Port, 1857 y.dan shahar] — Dog’iston Respublikasi poytaxti (1923 y.dan). Kaspiy dengizining g’arbiy sohilidagi port. T.y. st-yasi. Katta Kavkazning etagi- da. Aholisi 337,2 ming kishi (1998). M. 1844 y.da Anji-arka tepaligida pod-sho hukumati harbiy qismlarining Petrovsk tayanch istehkomi sifatida qurilgan. 1896 y.da Vladikavkaz, Rostov-don va Boku sh.lari b-n t.y. orqali birlashtirilgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida neftni qayta ishlash va bochkasozlik z-dlari, ip- yigiruv va tamaki f-kalari, t.y. ustaxo- nalari vujudga keldi. M. Dog’istonning sano-at markazi. Mashinasozlik va me- tallsozlik (elektr payvandlash uskuna- lari, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoq,lari uchun uskunalar i.ch., kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat (baliq-konser-va, vinochilik) korxonalari bor. Qurilish materialla- ri ishlab chiqariladi. M. yonidan neft qazib olinadi. M. orqali Boku—Rostov- Don t.y. liniyasi o’tgan. Yirik binola- ri: “Dog’iston” mehmonxonasi (1938), Hukumat uyi (1967), drama teatri bino- si va b. M.da Rossiya faning Dog’iston ilmiy markazi, un-t, politexnika, q.x., tibbiyot va ped. in-tlari, 5 teatr, Dog’iston Birlashgan muzeyi, Dog’iston tasviriy san’at muzeylari bor.