Maxovik, zalvor massa

Maxovik, zalvor massa — zalvor to’g’inli po’lat yoki cho’yan g’ildirak. Por- Shenli dvigatellar, kompressorlar, naso- slar va b. Mashinalarning etakchi Valla- riga o’rnatiladi. U valning bir me’yorda ravon aylanishini ta’minlaydi. Etakchi valning aylanishi tezlashgan paytda M. kinetik energiyani to’plab, harakat se- kinlashganda uni “qaytarib” beradi, ya’ni valni tez aylanishda davom etishga maj-bur qiladi. Ma’lumki, porshenli dvigatellarda porshen tsilindr ichida harakatlanganda dam eng yuqorigi vazi- yatni, dam eng pastki vaziyatni egallaydi. Ana o’sha eng yuqorigi vaziyat yuqori chekka nuqta (YUCHN), eng pastki vaziyat pastki chekka nuqta (PCHN) deb ataladi (q. Ichki yonuv dvigateli). M. porshenning ana shu YUCHN va PCHN lardan qo’zg’alishiga im- kon beradi. Inersion (inersiya kuchi b-n ishlaydigan) dvigatellarda M. to’plagan energiyadan mashinani yurgizish uchun foydalaniladi (q. Jirobus).