Ma’dan Odinamuhammad Avazmuhammad o’g’li
Ma’dan Odinamuhammad Avazmuhammad o’g’li (1762, hoz. Toji- kiston Asht tumani — 1838) — shoir. Kamina ta-xallusi b-n she’rlar yozgan. She’riyatdagi shuhrati butun Qo’qon xon- ligiga tarqalgan. Madalixon taklif qilganda, shoir saroyga borishdan bosh tortadi. M. she’rlaridan devon tuzgan, bir qancha she’rlari qo’lyozma va toshbos- ma bayozlarda uchraydi. Asarlarining AK- sariyati g’azal va muxammas janrlarida yaratilgan. She’rlarida inson erki, muhabbat ulug’langan. “Jonim” ra- difli muxammasida mavjud muhitdan noroziligi, “ko’rgazgil menga” ra- difli g’azalida alamli, jafokash du- nyodan to’yganligi, “g’am tug’yonida” g’arq bo’la-yotganligi ifodalanadi. Shoir- ning “Pong’oz” Muhammasi Maxmurni- ig “Hapalak” she’riga hamohang qilib yozilgan. Ad.h Qayumov A., Qo’qon adabiy muhiti, T., 1961; Abdullaev V., O’zbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, T., 1964.