Mag’zi soxta

Mag’zi soxta, toshqog’oz — shaklga oson beriluvchan material; qog’oz, karton, mato qiyqimlari va b. xom ash-yolardan yopishqoq modda (shirach)lar, kraxmal, gips va b. qo’shib, qaynatilib hosil qilinadi. Presslab turli shakllar- ga solinadi. M.s.dan o’yinchoqlar, o’quv qo’llanmalar, qalamdon, qimmatbaho muqovalar, quticha, guldon, mum qolip, ro’zg’or buyumlari va b. tayyorlanadi, ular bo’yama va bosma naqshlar, tasvirlar b-n bezatiladi, ustidan loklanib badiiy bu- yumlar yaratiladi (q. Lokli miniatyura). M.s.dan buyumlar tayyorlash juda qadimdan Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Koreyada rivojlangan, keyinchalik Ev- ropada “papemashe” nomi b-n keng tarqalgan. O’zbekiston hududida, jum- ladan, Samarqandda M.s.dan ishlangan narsalarni lokli miniatyura b-n bezash, me’moriy bezaklarda qo’llash 15-a.da keng tarqalgan (Amir Temur maqbarasining ichki qismi, Bibixonim masjidi va b.). O’zbekiston bezak san’-atida bu san’at qayta tiklandi va rivojlanmoqda, uylar bezagida va har xil buyumlar tayyorlashda keng qo’llanadi.