MELLONLAR

MELLONLAR (Mellon) — AQSh dagi eng keksa moliya guruhlaridan biri. 19-a.da shakllangan. Oilaviy xarakterga ega. Bank boshqaruvchisi Endryu Mellon (1855-1937) asos solgan (1921 — 1932 y.larda AQSh moliya vaziri bo’lib ish- lagan). AQSh dagi boy Pitkern va Xeys oilalari b-n birgalikda va mamlakat- dagi eng yirik “Fyorst Boston korpo- reyshen” investisiya banki b-n “alyu- minum Kompani of Amerika” (al ko A) kompaniyasini nazorat kidali. 20-a. ning 60-y.larida nazoratidagi aktivi 60 mlrd. dollardan ortiq bo’lgan. M.ning umumiy boyligi 1,6— 2,8 mlrd. dollar atrofida baholangan. M. nazoratida al Ko A dan tashqari (AQSh dagi 35% alyu- miniy), jahonda neft sotish bo’yicha etakchi o’rinni egallaydigan “Galf oyl korporeyshen”, “Vestin Gauz elektrik” kabi yirik harbiysanoat kontsernlari (elektronika, yadro quroli va atom suv osti kemasi) hamda qator po’lat eri- tuvchi va mashinasozlik-qurilish fir- malari, suturta kompaniyalari bor. M. guruhi aktsiyalarga hamkorlikda egalik qilish orqali Rokfellerlar, Klivlend moliyaviy guruhi va Kaliforniya moliya guruhlari b-n chambarchas bog’liq. Abduxalil Razzoqov.