Menger (Menger) Karl
Menger (Menger) Karl (1840.23.2, Nenst-Sandes, Polsha — 1921.27.2, Vena) — avstriyalik iqtisodchi, iqtisodiy tafakkurda Avstriya maktabi asoschisi, chegaralangan naflilik naza- riyasi asoschilaridan biri. Vena unti prof. (1879-1903). M.ning iqtisodiy nazariyasi individualizm asosiga qurilgan. U iqtisodiyot fanining aso- siy vazifasi yakka xo’jaliklar rivojla- nish qonunlarini o’rganish, individlar- ning talablarini qondirish yo’llarini tadqiq etishdan iborat, deb qaraydi. M. o’zining “iqtisodiy siyosat arboblari” (1871) asarida klassik maktab vakilla- rining qiymatning mehnat nazariyasiga qarshi qimmat (qadriyat) nazariyasini il- Gari surdi. Unga ko’ra, tovarning narxi xaridorlar va sotuvchilarning sub’ektiv ba-holashi natijasidir, mehnat sarf- lari “qadriyat kattaligi b-n bevosita aloqador emas”.