Megrellar, mingrellar
Megrellar, mingrellar — o’tmishda G’arbiy Gruziyaning Megreliya tarixiy viloyatida, kds. Kolxidaning Markaziy va tog’oldi tumanlari, Rio- ni daryosining o’ng qirg’og’idagi tuman- lar, xobi, Inguri va b. daryolarning havzalari, Abxaziya va Gruziyaning boshqa viloyatlarida to’p guruh bo’lib yashagan gruzinlar. M. gruzin va megrel tilla- rida so’zlashadi. (q. Kartvel’tillari). Qadimda megreliyalik gruzin qabilalari kartlar, svanlar va b. kabilalar b-n bir- galikda gruzin xalqining shakllanishi- ga asos bo’lgan. M.ning ayrim madaniy va maishiy turmush xususiyatlari yaqin vaqtlargacha saqlangan edi.